French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Ko‘chamiz boshida spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan insonlar ko‘payib ketgan" (+video)
19:36 / 2023-07-21

Yashnabod tumani, "Mumtoz" mahallasi fuqarolari Ohangrabo ko‘chasi, 1-uyda joylashgan spirtli ichimlar, ya’ni Vino-Vodka do‘koning faoliyatidan norozilik bildirib, murojaat qilishgan. Quyida ushbu do‘konning orqa tomonidagi "Tabarruk" ko‘chasida yashaydigan fuqarolarning fikrlarini eshitishingiz mumkin.

Shuningdek, mazkur do‘kondan uncha uzoq bo‘lmagan "Turon" kutubxonasi xodimlari ham o‘zining e’tirozlararini bildirib o‘tdi.  

Yuqoridagi fikrlardan xulosa qilinsa, aholi tabbirkorning tadbirkorlik faoliyatiga qarshi emas, faqat do‘kon egasi spirtli ichimliklarni qo‘lda quyib bermasliklarini so‘rashmoqda.  

Biz tadbirkorni ham eshitmoqchi bo‘ldik, ammo do‘kon ishchisi tadbirkor hozirda bu yerda emasligini, o‘zi esa hech narsa gapirmasligini aytdi.

Bu haqda batafsil O‘zAning You Tube kanalida tanishishingiz mumkin.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/dYrpwRsVnaM" title="&quot;Ko‘chamiz boshida spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan insonlar ko‘payib ketgan&quot;" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Farrux Xudoyorov, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA