Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘cha va xiyobonlar obodligi – farovonlik omili
12:30 / 2022-12-29

Andijon shahridagi “Barkamol avlod” stadionida Andijon viloyati tuman va shaharlari obodonlashtirish bo‘limlarida mehnat qilayotgan 850 nafar ishchi-xizmatchiga Prezident sovg‘alari topshirildi.

Tadbirda so‘z olgan Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov barcha ishtirokchilarni yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan muborakbod etib, mamlakatimizda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan aholini ijtimoiy muhofaza qilish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligini ta’kidladi.  

Obodonlashtirish sohasi xodimlariga yangi yil sovg‘asi sifatida kartoshka, piyoz, un, o‘simlik yog‘i singari bir necha turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hamda kiyim-kechaklar berildi. Shuningdek, tadbir doirasida viloyatning qator tuman va shaharlaridan kelgan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” ga kiritilgan, tadbirkorlik qilish istagidagi 100 nafar xotin-qizga subsidiya asosida tikuv mashinalari, turli hunarmandchilik asbob-uskunalari topshirildi.  

[gallery-10078]

– Oilamiz “Temir daftar”ga kiritilgan, – deydi Izboskan tumanidagi Guzar mahallasida yashovchi Intizor Sodiqova. – Mahallamizda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchisi, Xotin-qizlar faoli tavsiyasi bilan menga ikkita tikuv mashinasi berildi. Tikuvchilik hunarini egallaganman. Lekin tikuv mashinasi olishga hech imkon qilolmayotgan edim. Yurtboshimiz tashabbusi bilan men kabi ko‘plab ayollarga yordam ko‘rsatilmoqda, muammolari hal etilmoqda. Endi o‘z xonadonimda tikuvchilik bilan shug‘ullanib, daromad topish imkoniga ega bo‘ldim. Buning uchun yurtboshimizga, mana shu xayrli ishga mas’ul barcha insonlarga rahmat aytaman.  

Badiiy jamoalar tomonidan namoyish etilgan konsert dasturi, ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar barchaga xush va bayramona kayfiyat ulashdi. Andijonda Yangi yil bayrami oldidan bu kabi tadbirlar davom etmoqda.  

F. UBAYDULLAEV,  

Z. UMRZOQOV (surat),O‘zA