Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘cha nomi va ko‘chmas mulk ob’ekti raqami ko‘rsatkichini o‘rnatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
12:05 / 2025-07-31

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Geografik ob’ektlariga doir ayrim munosabatlarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq: 

geografik ob’ektlarni tizimlashtirish, shu jumladan, ularning kodi, turi, qisqartmasi va klassifikatsiya kodini belgilashni nazarda tutuvchi Geografik ob’ektlarning klassifikatori; 

ko‘cha nomi va ko‘chmas mulk ob’ekti raqami ko‘rsatkichining shakli, o‘lchamlari, yozilishi va unga doir texnik shartlarni nazarda tutuvchi Ko‘cha nomi va ko‘chmas mulk ob’ekti raqami ko‘rsatkichini o‘rnatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 

Qarorga ko‘ra: 

geografik ob’ektlarning nomlari davlat reyestri Klassifikator asosida yuritiladi; 

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 14 dekabrdagi 1010-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk ob’ektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq ko‘rsatkichlarda yoziladigan ko‘cha nomi va ko‘chmas mulk ob’ekti raqami to‘g‘risidagi axborotlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar)lar filiallari tomonidan taqdim etiladi; 

ko‘rsatkichlarni tayyorlash va o‘rnatish bilan bog‘liq xarajatlar mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi; 

yangi qurilgan, rekonstruksiya qilingan va ta’mirlangan ko‘chalar, uylar, ko‘p kvartirali turar joylar uchun ko‘rsatkichlarni tayyorlash va o‘rnatish bilan bog‘liq xarajatlar qurilish tashkiloti yoki ob’ekt egasining o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. 

Qarorda Kadastr agentligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar 2025 yil 1sentyabrga qadar o‘zining idoraviy tizimlarida geografik ob’ektlarning kodlarini Klassifikatorga muvofiqlashtirishlari belgilangan. 

2025 yil 1oktyabrga qadar Klassifikator asosida tegishliligi bo‘yicha tabiiy ob’ektlar hamda transport va muhandislik-texnika infratuzilmasi ob’ektlari nomlari xatlovdan o‘tkaziladi. 

2025 yil 1 mayga qadar belgilangan tartibda nomlanmagan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan geografik ob’ektlar nomlari O‘zbekiston Respublikasining «Geografik ob’ektlarning nomlari to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq Reyestrga kiritiladi. 

2026 yil 1 iyulga qadar respublikadagi barcha ko‘chalarning nomlari xatlovdan o‘tkaziladi, Reyestrga muvofiqlashtiriladi. Yangi tashkil etilgan va nomlanmagan ko‘chalarga nom beriladi, shuningdek, Qonun talablariga zid bo‘lgan nomlar o‘zgartiriladi.

O‘zA