Kobulda ta’lim markazida portlash sodir etildi
Portlash Kobul shahridagi ta’lim markazlarining birida sodir etilgani aytilmoqda.
Xabarda keltirilishicha, portlash shaharning g‘arbida Dasht-i-Barchi tumanida imtihon bo‘layotgan paytda sodir etilgan.
Ichki ishlar vazirligi vakili Abdul Nafi Takkur portlash bo‘lganini tasdiqlagan, lekin boshqa qo‘shimcha ma’lumot bermagan.
Ayrim ma’lumotlarda hujum uchuvchisiz o‘zi uchar qurilma orqali sodir etilgani aytilmoqda.