Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kobul shahrida masjidda portlash sodir etildi, qurbonlar borligi aytilmoqda
21:36 / 2022-04-29

Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida masjidda uyushtirilgan portlash 10 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, kamida 15 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda Frans Press agentligi mamlakat ichki ishlar vazirligi bergan ma’lumotga tayanib.

Assoshieyted Press agentligi ham “Tolibon” vakili bergan ma’lumotga tayanib 20 kishi portlash oqibatida jarohat olganini ma’lum qilgan.