Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
KOʻRGAZMA: Yoʻl – fikrlash uhdasi tomon qadamlar...
11:35 / 2020-06-20

Yoʻlga chiqqan odam... Hayotning turfa ranglariaro kezayotgan nigohlar, sarsari qalbning sohir tuygʻulari kishini entiktiradi.


Yoʻlga chiqqan odam... Hayotning turfa ranglariaro kezayotgan nigohlar, sarsari qalbning sohir tuygʻulari kishini entiktiradi. Beixtiyor olamu odamni anglay boshlaysiz. Fikrlash uhdasi tomon talpinasiz...

Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura sanʼati muzeyida yosh rassom Shahrizoda Qurbonovaning “Yoʻl” nomli shaxsiy koʻrgazmasidagi asarlarni tomosha qilar ekansiz, beixtiyor shu hissni tuyasiz.

Koʻrgazmada ijodkorning bolalik va xayolot olamiga shoʻngʻib, mayin shabadani his qilishimiz mumkin boʻlgan 40 dan ortiq asari namoyishga qoʻyilgan.

Shahrizoda hali yosh. P.Benkov nomidagi Respublika sanʼat maktabi bitiruvchisi. Shunga qaramay ijodi alohida eʼtirof etilgan. Doim izlanishda, mehnatdan qochmaydi.

Ustozlarining taʼkidlashicha, uning asarlarida dunyoni hissiy idrok etishga eʼtibor kuchli. Bunda tomoshabin idrok etishni tafakkur qilishdan ajratadi va olamga faqatgina shu his orqali qaraydi.

“Diplom”, “Bobom”, “Mening oilam”, “Ummondagi tong”, “Koinot”, “Mening qoʻrquvim” kabi kartinalarni kuzatar ekansiz yosh rassomning qalb tubidagi va cheksiz makondagi orzulari zavqini hamda begʻubor baxt dunyosini sezasiz.