Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
KOʻRGAZMA: maftunkor dunyo manzaralari tarixga muhrlansa...
17:55 / 2020-06-23

Toshkent fotosuratlar uyida Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, fotorassom Irina Shurning “Bu ajib dunyo” deb nomlangan shaxsiy koʻrgazmasi ochildi.


Toshkent fotosuratlar uyida Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, fotorassom Irina Shurning “Bu ajib dunyo” deb nomlangan shaxsiy koʻrgazmasi ochildi.

Irina Shur serqirra ijodkor. Uning hayot yoʻliga nazar solinsa, turli yillarda, turfa lavozimlarda ishlaganiga guvoh boʻlasiz. Goh madaniyat markazi vakili, goh til va raqs kurslari rahbari, gohida esa konsert va tadbirlar tashkilotchisi. Aynan ana shunday rang-baranglik uning ijodida ham yorqin aks etadi.

– Barcha goʻzallikni tarixga muhrlashni xohlayman, – dedi I.Shur. – Biri muvaffaqiyatli chiqsa, biridan koʻnglim toʻlmaydi. Ammo har doim izlanishdaman. Oʻz ijodiy ishlarim bilan mahalliy va xalqaro tanlovlarda ishtirok etdim. Sanʼat jozibasi meni 70 yildan buyon maftun etib kelmoqda. Bugun amaliyot va nazariyani mujassamlashtirib, ilm yoʻlida ham izlanishlar qilmoqdaman. Natijada “Dunyo xalqlari sanʼati” xalqaro uyushmasining magistranti maqomini qoʻlga kiritdim.

Koʻrgazmada muallifning Germaniya, Shveysariya, Latviya, Fransiya, Finlyandiya va vatanimizning maftunkor maskanlarida tushirgan 60 dan ortiq ijodiy ishi namoyish etilmoqda. Har bir suratda hayot tasvirini koʻrasiz.

Koʻrgazma 3-iyulga qadar davom etadi.