Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘p tarmoqlilik – fermerga keng imkoniyat
18:40 / 2016-08-02

Jizzax viloyati Do‘stlik tumanidagi “Eshniyoz bobo” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi paxtadan gektariga 42, g‘alladan 70 sentnerdan hosil yetishtirish barobarida, boshqa tarmoqlardan ham yaxshi daromad olmoqda.

Jizzax viloyati Do‘stlik tumanidagi “Eshniyoz bobo” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi paxtadan gektariga 42, g‘alladan 70 sentnerdan hosil yetishtirish barobarida, boshqa tarmoqlardan ham yaxshi daromad olmoqda.

Xo‘jalik o‘tgan uch yilda davlatga 1 ming 170 tonnadan ortiq paxta, 2 ming 170 tonna g‘alla, 1,4 tonna pilla sotib, shartnoma rejasini ortig‘i bilan bajardi. Shuningdek, 700 kilogramm asal, 24,7 tonna sut, 5,4 tonna go‘sht mahsulotlari yetishtirdi.

Bugungi kunda fermer xo‘jaligida 70 bosh qoramol, 150 boshdan ziyod qo‘y-echki boqilib, 50 quti asalari parvarishlanmoqda. Bankdan olingan 60 million so‘m kredit evaziga xo‘jalik qoshida tashkil etilgango‘shtni qayta ishlash korxonasida 4 turdagi kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarilayotir.

– Prezidentimiz rahnamoligida ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor avvalo qishloqqa sanoatni olib kirish, aholi turmush farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda, – deydi “Eshniyoz bobo” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi rahbari, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan paxtakor Murtazoqul Bo‘tayev. – Yangi tarmoqlarni ishga tushirish xo‘jalikning ham, ishchilarning ham daromadini oshirmoqda, yangi ish o‘rinlari yaratishga zamin hozirlamoqda. Ayni paytda xo‘jaligimizda 24 ishchi mehnat qilayotir.

“Eshniyoz bobo” kabi yaqin yillargacha faqat paxta va g‘alla ekib kelgan yuzlab fermer xo‘jaliklari bugun boshqa tarmoqlarni yo‘lga qo‘yish hisobidan o‘ziga ham, yurtga ham katta naf keltirmoqda. Bu dasturxonimiz to‘kinligi va bozorda narx-navo barqarorligiga xizmat qilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2012-yil 22-oktabrdagi “O‘zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida2013-2015 yillarda 3 ming 216 ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligida 3 ming 498 loyiha amalga oshirildi. Bu 21 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratish imkonini berdi.

– Viloyatda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil etish bo‘yicha tasdiqlangan dasturga muvofiq, joriy yilning o‘tgan davrida 1 ming 426 fermer xo‘jaligida 1 ming 435 qo‘shimcha ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha loyihalar amalga oshirildi, – deydi Paxtakor tumanidagi “Anvar-A” fermer xo‘jaligi rahbari, O‘zbekiston Qahramoni Anorboy Eshmatov. – Jumladan, 121 fermer xo‘jaligida 670,4 gektarmaydonda intensiv bog‘, 270 fermer xo‘jaligida 977,2 gektarda mahalliy bog‘, 304 fermer xo‘jaligida 980,1gektarlik yangi tokzorlar va 2 fermer xo‘jaligida 1,2 gektar maydonda issiqxona barpo etildi. Ushbu loyihalarni amalga oshirishga 48 milliard 319 million so‘m mablag‘ sarflandi. Fermer xo‘jaliklarini optimallashtirish, ko‘p tarmoqli xo‘jalik yuritish usuliga o‘tish yer maydoni kengaymagan holda ish ko‘lamining ortishi, ish o‘rinlari ko‘payishiga olib kelayotir. Yangi loyihalarni amalga oshirish, yangi tarmoqlarni yo‘lga qo‘yish orqali joriy yilda qishloq joylarda 9 ming 640 yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Hozirgacha 8 ming 857 yangi ish o‘rni tashkil etildi.

2016 yilda 1 ming 600 fermer xo‘jaligini ko‘p tarmoqliga aylantirish uchun 1 ming 616 loyiha amalga oshirilishi belgilangan. Har bir hududning tabiiy-iqlim sharoiti va xo‘jalik imkoniyatidan kelib chiqib amalga oshirilayotgan yangi loyihalar aholi farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. Ayni paytda bu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettirilayotir. Yil oxirga qadar 193 fermer xo‘jaligida qoramolchilik, 119 fermer xo‘jaligida qo‘y, 52 fermer xo‘jaligida echki, 60 fermer xo‘jaligida parrandachilik, 33 fermer xo‘jaligida baliqchilik, 82 fermer xo‘jaligida asalarichilik yo‘nalishidagi loyihalar amalga oshiriladi.

Yaratilayotgan bunday imkoniyatlar faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish emas, qayta ishlash, saqlash, xizmat ko‘rsatish tarmoqlari rivojida ham muhim ahamiyat kasb etayotir. Ayni paytda 16 fermer xo‘jaligida don, 4 fermer xo‘jaligida sut va 2 fermer xo‘jaligida meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash hamda sovitgich omborlarini barpo etish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilayotir.

Ko‘p tarmoqli xo‘jalik yuritish imkoniyatidan samarali foydalanayotgan jizzaxlik fermerlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining barcha turlarini yetishtirish bilan birga, uni qayta ishlash va iste’molchiga yetkazib berish borasida ham salmoqli yutuqlarga erishmoqda. Bu yo‘nalishdagi ishlar Vatanimiz mustaqilligining 25-yillik bayramiga katta hozirlik ko‘rilayotgan shu kunlarda yanada qizg‘in davom ettirilayotir.