Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koʻngilli yoshlarga “Mehr-saxovat” koʻkrak nishoni topshirildi
17:23 / 2020-10-10

Surxondaryo viloyatidan 16 nafar koʻngilli yigit-qizlar “Mehr-saxovat” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.


Surxondaryo viloyatidan 16 nafar koʻngilli yigit-qizlar “Mehr-saxovat” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Shu munosabat bilan Termiz shahridagi Yoshlar markazida boʻlib oʻtgan tantanali tadbirda Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshligʻi Sh.Olimov, viloyat mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, senator O.Soatov va boshqalar joriy yilda dunyoga chang solgan pandemiya davrida yuzaga kelgan havf- xatarga qarshi samarali kurashish hamda uning oqibatlarini bartaraf etishda vohaning koʻngilli yoshlari ham faol ishtirok etganini alohida taʼkidladi.

Mamlakatimizda karantin qoidalari joriy etilgan paytda ular hamjihatlik bilan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarni umumxalq harakati darajasiga koʻtarish, begʻaraz homiylik koʻrsatish va boshqa ezgu amallari bilan joylarda tinch, osuda hayotni taʼminlashda koʻpchilikka namuna boʻldi.

Koronavirus infeksiyasi jahon ahlini jiddiy sinovdan oʻtkazayotgan bir paytda saxovat tadbirlarida faol ishtirok etib, fidoyilik koʻrsatgan koʻngilli yoshlarning bir guruhi munosib ragʻbatlantirilgani ham ular koʻrsatgan mardlik va jasoratning alohida eʼtirof etilganiga yaqqol dalildir. Jumladan, viloyatda tashkil etilgan “Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi”da 250 ga yaqin volontyor faoliyat yuritib,

hududlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami, boquvchisi boʻlmagan keksalarga, kam taʼminlangan oilalarga, karantin sababli kunlik daromad manbaini yoʻqotgan odamlarga koʻmaklashib, turli oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa kundalik ehtiyoj mahsulotlarini oʻz vaqtida yetkazib berishga koʻmaklashdi.

Tadbirda koʻkrak nishonlari oʻz egalariga topshirildi.
photo_2020-10-10_17-21-05.jpg
photo_2020-10-10_17-21-06.jpg
photo_2020-10-10_17-21-08.jpg