French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘mir briketi – qulay va tejamkor
12:15 / 2015-10-30

Buxoro viloyatida kuz-qish davrida aholi va byudjet tashkilotlarining ko‘mir hamda undan tayyorlanadigan briketga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz rahnamoligida sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish, ichki bozorni sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar bilan to‘ldirish, aholining arzon va tejamkor yoqilg‘i manbalariga bo‘lgan talabini qondirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Buxoro viloyatida kuz-qish davrida aholi va byudjet tashkilotlarining ko‘mir hamda undan tayyorlanadigan briketga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 2-iyulda qabul qilingan “Respublikada ko‘mir briketlari ishlab chiqarish va sotishni kompleks tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim omil bo‘layotir. Mazkur hujjat ijrosini ta’minlashda ko‘mir briketi ishlab chiqaruvchi kichik biznes subyektlari ham munosib hissa qo‘shmoqda.

Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi “Vobkent ko‘mir pardoz” xususiy korxonasi ana shulardan biridir.

– O‘tgan yil oxirida ish boshladik, – deydi korxona rahbari Shomirza Nurov. – Ko‘mir kukunidan briket ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishda o‘z mablag‘imiz hamda “Xalq banki”ning Vobkent tumani filialidan olingan 50 million so‘mlik kredit qo‘l keldi. Kuniga 15 tonnagacha xomashyoni qayta ishlash quvvatiga ega korxonamizda zamonaviy texnologik uskunalar o‘rnatilgan. Issiqligi va boshqa xususiyatlariga ko‘ra briket ko‘mirga yaqin turadi, lekin chiqitsizligi bilan undan afzal. Briketning 10 kilogrammli qoplarda qadoqlanayotgani iste’molchilarga manzur bo‘lmoqda.

Korxona hozirga qadar iste’molchilarga 100 tonnadan ziyod mahsulot yetkazib berdi.

– Men o‘tgan yili shu yerdan briket xarid qilgan edim, uyni isitishga juda qulay ekan, – deydi shofirkonlik Erkin Qurbonov. – Narxi ham ancha arzon. Buning ustiga tejamkorligi uydagilarni ham xursand qilmoqda.

Ma’lumki, har qanday korxonaning barqaror ishlashi avvalo xomashyo ta’minotiga bog‘liq. Bu borada “Vobkent ko‘mir pardoz”da muammo yo‘q. Korxona “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatidan xomashyoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida olmoqda. Demak, iste’molchilar ehtiyoji o‘z vaqtida qondiriladi.