French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koʻkrak bezi saratonidan halok boʻlayotganlar soni koʻpayib bormoqda
15:16 / 2018-09-28

Tibbiyot xodimlarining fikricha, Buyuk Britaniyada hozirgi kunga kelib koʻplab ayollar koʻkrak bezi saratoni kasalligidan aziyat chekmoqda. Agar ahvol shunday davom etadigan boʻlsa, 2022 yilga kelib qurbon boʻlayotganlar soni bundan ham oshishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Tibbiyot xodimlarining fikricha, Buyuk Britaniyada hozirgi kunga kelib koʻplab ayollar koʻkrak bezi saratoni kasalligidan aziyat chekmoqda. Agar ahvol shunday davom etadigan boʻlsa, 2022 yilga kelib qurbon boʻlayotganlar soni bundan ham oshishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Angliyaning Milliy sogʻliqni saqlash xizmati tomonidan ajratilayotgan mablagʻlar kasallikni bartaraf etish uchun yetarli boʻlmayapti, deyiladi “Koʻkrak bezi saratoni” xayriya tashkilotining bergan hisobotida.

Shuningdek “Hukumat minglab inson hayotini saqlab qolish uchun hozirdanoq harakat qilishi kerak. Sarflanayotgan mablagʻlarni oqilona yoʻnaltirish va Milliy sogʻliqni saqlash xizmati hududlar orasida yaxshi va yomon turmush sharoitlarini oʻrganish va ularni yaxshilash orqali vazitni oʻnglashi kerak”, deyiladi hisobotda.

“Koʻkrak bezi saratoni bilan kasallanganlarning oʻlim hollari koʻpayib bormoqda, lekin uni toʻxtatish uchun hali kech emas”, deydi xayriya jamgʻarmasi rahbari Baronessa Delyor Morgan. “Ammo bu juda katta mablagʻ talab etadi”.

Saraton tufayli Britaniyada har yili 11,000 dan ortiq oila parchalanib ketmoqda.

Koʻkrak bezi saratoni bilan bogʻliq oʻlimlar 1989 yildan buyon davom etmoqda va bugungi kunda ushbu kasallik tufayli har yili 11,5 ming kishi hayotdan koʻz yummoqda, deyarli 55 mingga yaqin ayolga yana shunday tashxis qoʻyilgan.

Angliyaning Milliy sogʻliqni saqlash xizmatining 2018 yil iyun oyida bergan maʼlumotlariga koʻra, har 100 ming kishidan 48 tasi koʻkrak bezi saratonidan halok boʻlgan.

Sogʻliqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish boshqarmasidan ushbu holat uchun izoh berishlari talab etilmoqda.