Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘kka bo‘y cho‘zayotgan nihollar
15:35 / 2015-02-11

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi Namangan davlat o‘rmon xo‘jaligida mevali va manzarali daraxtlar ko‘chati yetishtiriladi.


Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi Namangan davlat o‘rmon xo‘jaligida mevali va manzarali daraxtlar ko‘chati yetishtiriladi.

216 gektar ekin maydoniga ega xo‘jalikda olma, o‘rik, shaftoli, gilos, bodom, yong‘oq kabi mevali daraxtlar, sosnaning bir necha turi, yapon sakurasi, qora archa, zarafshon archasi ko‘chatlari parvarishlanadi. 50 gektar yerda ko‘k terak yetishtirilmoqda. 25 kishining doimiy bandligi ta’minlangan xo‘jalik nihollari ayni kunlarda sotuvga tayyor.

– Buyurtmachilar talabidan kelib, xo‘jalikda ekin turini ko‘paytirishni mo‘ljallamoqdamiz, – deydi xo‘jalikning terakzor bo‘limi boshlig‘i Ravshan Yusufboyev. – Joriy mavsumda malina, kalendula, topinambur kabi dorivor o‘simliklar ham ekilib, 40 sotixli uzumzor tashkil etiladi.