Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koʻk gumbaz masjidi — bebaho meʼmoriy yodgorlik
11:45 / 2020-04-01

Temuriyzoda qomusiy olim – Mirzo Ulugʻbek otasi Shohruh Mirzo nomidan qurdirgan (1434-1435) Koʻk gumbaz Shahrisabzning Dorut-tilovat ansambli tarkibidagi asosiy jome masjid hisoblanadi.

OʻzA arxividan maxsus fotoreportaj

Temuriyzoda qomusiy olim – Mirzo Ulugʻbek otasi Shohruh Mirzo nomidan qurdirgan (1434-1435) Koʻk gumbaz Shahrisabzning Dorut-tilovat ansambli tarkibidagi asosiy jome masjid hisoblanadi.

Bu koʻhna inshootning koʻk koshin bilan qoplangan gumbazi, peshtoqining oʻng va chap tomonidagi ustunlari, boloxonasi buzilib ketgan. Binoga sharqdan peshtoq (ravogʻining kengligi 10 m) orqali kiriladi. Peshtogʻida serjilo handasiy bezaklar koʻp ishlatilgan. Ustunlarida, asosiy ravoq va qanoslarida guldor sopollardan foydalanilgan. Xonaqoh (12,7x12,7 m) tashqi poy gumbazida moviy, koʻk va oq rangli bezaklar orasiga Qurʼon oyatlari bitilgan.

Ichki qismidagi 8 ta mayda ravoqchalar romb shaklidagi qalqonsimon bagʻallar bilan oʻzaro birlashtirilgan va ravoq shaklidagi 16 tayanchiqqa tayantirilgan. Gʻishtin devor burchaklaridagi 4 ta aylanma zina orqali ayvon tomiga chiqilgan. Ayvonning yon taxmonlariga keng ravoq orqali oʻtilgan. Hozir ular yopib qoʻyilgan.

Koʻk gumbaz masjidi oʻtgan asrning 70-yillarida hamda Amir Temurning 660-yilligi munosabati bilan (1995-96 yillar) qayta taʼmirlangan.

photo_2020-04-01_11-29-08.jpg

photo_2020-04-01_11-29-09.jpg

photo_2020-04-01_11-29-11.jpg

photo_2020-04-01_11-29-15.jpg

photo_2020-04-01_11-29-17.jpg