Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘chmas mulk ob’ektiga qanday asoslarga ko‘ra taqiq yoki xatlov qo‘yilganligini aniqlash imkoniyati yaratildi
15:38 / 2019-11-13

Natijada ularning turli idora va tashkilotlarga birma-bir yozma ariza bilan murojaat qilishlariga majbur bo‘lishardi.


Davlat xizmatlari agentligi tomonidan vakolatli idoralar bilan birgalikda ko‘chmas mulk ob’ektlarini Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulk ob’ektiga nisbatan qaysi vakolatli organ tomonidan, qanday asoslarga ko‘ra taqiq yoki xatlov qo‘yilganligini aniqlash imkoniyati yaratildi. 

Shu kunga qadar, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ko‘chmas mulk ob’ektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida agar ularning ko‘chmas mulkiga nisbatan taqiq yoki xatlov qo‘yilgan bo‘lsa, ular qaysi vakolatli organlar (notarius, majburiy ijro byurosi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va b.) tomonidan taqiq yoki xatlov qo‘yilganligini aniqlash imkoniyati yaratilmagan edi.

Natijada ularning turli idora va tashkilotlarga birma-bir yozma ariza bilan murojaat qilishlariga majbur bo‘lishardi.

Eslatma: amaldagi tartibga ko‘ra, taqiq yoki xatlovning mavjudligi ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad qilishga asos bo‘ladi.