Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘chma do‘konlar ish boshladi
14:43 / 2016-03-03

Samarqandda viloyat aholisi va ijtimoiy soha obyektlarini bahorgi mavsumda sabzavot va poliz ekinlari urug‘i, daraxt, gul ko‘chatlari bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan ko‘chma avtodo‘konlar ko‘rgazmali seminari o‘tkazildi.

Samarqandda viloyat aholisi va ijtimoiy soha obyektlarini bahorgi mavsumda sabzavot va poliz ekinlari urug‘i, daraxt, gul ko‘chatlari bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan ko‘chma avtodo‘konlar ko‘rgazmali seminari o‘tkazildi.

Viloyat hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat mehnat boshqarmasi, kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi, “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati Samarqand filiali hamda viloyatdagi tijorat banklari, agrofirmalar hamkorligida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan 100 dan ortiq avtodo‘konlarning zarur miqdorda urug‘lik va ko‘chatlar, dehqonchilik uchun kerakli ish qurollari bilan ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratildi.

– Har bir hududga biriktirilgan avtodo‘konlarni aholi ehtiyoji va tabiiy-iqlim sharoitidan kelib chiqib, sabzavot va poliz ekinlari urug‘i, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari, chorva va parranda mahsulotlari bilan ta’minlash choralari ko‘rildi, – deydi viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi Mahmud Boboyorov. – Bu ishga viloyatdagi urug‘chilik va ko‘chat yetishtirishga ixtisoslashgan xo‘jaliklar, parrandachilik korxonalari, agrofirmalar jalb etildi. Har bir avtodo‘kon to‘lov terminallari bilan ta’minlandi. Ushbu xizmat orqali aholiga urug‘lik va ko‘chat yetkazib berish bilan birga, tomorqa xo‘jaligini yuritish, chorvachilik, parrandachilikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan mutaxassislar tomonidan amaliy yordam ko‘rsatiladi.

– Ushbu avtodo‘konlar orqali agrofirmamizda yetishtirilgan kartoshka, poliz-sabzavot urug‘lari, mevali daraxt ko‘chatlari, tez tuxumga kiruvchi parrandalarni sotuvga chiqaryapmiz, – deydi Nurobod tumanidagi “Nurobod agrosanoat” agrofirmasi direktori Abdug‘affor Xidirov. – Aholida, ayniqsa, “Velikan” zotli quyonga talab katta bo‘lmoqda. Shu paytgacha ko‘plab aholi xonadonlari hamda fermer xo‘jaliklari, agrofirmalar bilan shartnomalar imzolashga erishdik.

Tadbirda Samarqand viloyati hokimi Z.Mirzayev so‘zga chiqdi.