Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koʻchma bozorlarda narx-navo qanchalik arzon?
12:40 / 2020-04-17

Bu kabi xayrli ishlar Toshkent shahri tumanlaridagi 4 ta sektor tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda.


Karantin sharoitida aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash, narxlar barqarorligini nazorat qilish, fuqarolar bir joyga toʻplanishining oldini olish maqsadida mahallalarda arzonlashtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlaridan iborat koʻchma bozorlar tashkil etilmoqda.

Bu kabi xayrli ishlar Toshkent shahri tumanlaridagi 4 ta sektor tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda.

Bugun oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan mashinalar Mirzo Ulugʻbek tumanining Alpomish, Turon, Lashkarbegi, Boʻz mahallalariga yetib bordi.

Tumandagi 54 mahallaga har kuni belgilangan jadval asosida roʻzgʻor uchun zarur 20 turdan ortiq oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilishi yoʻlga qoʻyildi. Savdoda goʻsht, kartoshka, karam, lavlagi, piyoz, sabzi, yogʻ, shakar, tuxum, makaron, mevalar kabi zarur oziq-ovqat mahsulotlari bor.

– Tumanimizda oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga moʻljallangan 2 yirik, 6 kichik turdagi bozor bor, – deydi Mirzo Ulugʻbek tumani hokimining Axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi Maʼrufjon Parmonov. – Mazkur bozorlarda ham arzonlashtirilgan yarmarkalar tashkil etilyapti. Koʻchma bozorlarda narxlar boshqa savdo nuqtalariga nisbatan arzon va sifatli. Misol uchun, boshqa savdo nuqtalarida kartoshka 7500 soʻm, koʻchma bozorda esa 3000 soʻm, goʻsht 50 ming soʻmdan sotilmoqda. Shu bilan birga har bir mahallaga 1 tonna kartoshka, 1 tonna piyoz, 1 tonna shakar, 500 kilogramm atrofida guruch, 500 kilogramm makaron, 500 kilogramm sabzi, pista yogʻi, tuxum va un kabi roʻzgʻor uchun eng kerakli mahsulotlar arzon narxda yetkazib berilmoqda.

– Xarid uchun koʻchaga chiqqandim. Mahallamizga koʻchma bozor kelgan ekan. Bu yerda roʻzgʻor uchun kerakli hamma narsa – goʻshtdan tortib, tuxumgacha, yogʻ, piyoz kartoshka barcha oziq-ovqat mahsulotlari arzonlashtirilgan xolatda sotilmoqda, – deydi taniqli sanʼatkor Dilshod Rahmonov.