Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“KMG PetroChem” kompaniyasi O‘zbekiston neft-gaz sanoati tajribasini o‘rganmoqda
22:12 / 2025-10-24

Kuni kecha Qozog‘istonning “KMG PetroChem” kompaniyasi delegatsiyasi “Uzbekistan GTL” zavodi faoliyati bilan tanishdi.

Unda tomonlar istiqbolli loyihalar, hamkorlik imkoniyatlari va investitsiya yo‘nalishlari muhokama qildi.Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ikki mamlakat o‘rtasida neft-gaz sanoatidagi hamkorlikni rivojlantirish, istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qilish hamda strategik sheriklikni mustahkamlash  muhim hisoblanadi.

Muloqot chog‘ida ikki mamlakat kompaniyalari uchun barqaror va uzoq muddatli hamkorlik yo‘lini ochishda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

Shundan so‘ng delegatsiya zavod faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlari va texnologik imkoniyatlarini o‘rgandi, ishlab chiqarish quvvati va zamonaviy texnologiyalar bilan batafsil tanishdi. 

Mazkur tanishuv O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida strategik sheriklikni yanada rivojlantirish, shuningdek, neft-gaz sanoatidagi hamkorlikni kengaytirishda muhim qadam, deyiladi “O‘zbekneftgaz” AJ axborot xizmati xabarida. 

N.Ziyodullayeva, O‘zA