Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining 1/8 final bahslari yakunlandi
10:00 / 2025-07-02

Amerika Qo‘shma Shtatlarida futbol bo‘yicha klublar o‘rtasidagi jahon chempionati nimchorak finali doirasidagi qolgan ikki o‘yin o‘tkazildi. Unda “Real” — “Yuventus”, “Borussiya D” — “Monterrey” o‘zaro raqobatlashdi.

“Real” jamoasi 1:0 hisobida “Yuventus” klubini taslim etdi. Uchrashuvdagi yagona golga 54-daqiqada Gonsalo Garsiya mualliflik qildi. Shuningdek, “Borussiya D” va “Monterrey” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 2:1 hisobida tugadi.

Endi jahon chempionatining chorak final bahslari 4-6 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda quyidagi bahslarga guvoh bo‘lamiz:

4 iyul: “Fluminense” — “Al-Hilol”  (23:59):

5 iyul: “Palmeyras” — “Chelsi” (06:00), “PSJ” — “Bavariya” (21:00):

6 iyul: “Real Madrid” — “Borussiya Dortmund” (01:00).

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA