Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Klublar o‘rtasida futbol bo‘yicha jahon chempionati boshlandi
09:03 / 2025-06-15

Amerika Qo‘shma Shtatlarida futbol bo‘yicha klublar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi. Unda jahonning 32 jamoasi o‘zaro raqobatlashmoqda.

Turnirning ochilish uchrashuvida “A” guruhidan o‘rin olgan “Inter Mayami” jamoasi va “Al Ahli” klubi o‘zaro raqobatlashdi. Bahs 0:0 hisobida yakunlandi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi. Darvoqe, uchrashuvda “Al Ahli” futbolchisi Mahmud Trezege 43-daqiqada penaltini muvaffaqiyatsiz bajardi.

Endi musobaqaning  “C” guruhida  “Bavariya” va “Oklend Siti” bashiga bugun mamlakatimiz vaqti bilan soat 21:00 da guvoh bo‘lamiz. Shuningdek, 16 iyun kuni  “B” guruhidan o‘rin olgan  “PSJ” – “Atletiko Madrid” (00:01),  “Botafogo” –  “Sietl Saunders” (07:00) va  “A” guruhidagi  “Palmeyras” –  “Portu” (03:00) klublari bellashuvi o‘tkaziladi.

O‘zbek muxlislari uchun ajoyib yangiliklardan biri shuki, ushbu jahon chempionatining birinchi turida Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi 17 iyun kuni “Fluminense“ – “Borussiya Dortmund” o‘rtasidagi uchrashuvni boshqaradi.  Bahsda Ilgiz Tantashev bosh hakam sifatida ishlasa, Andrey Sapenko, Timur Gaynullin kabi hakamlarimiz qanotda faoliyat olib boradi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA