Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Klopp va Anchelotti: g‘alabaga qaysi biri munosib?
11:15 / 2022-05-28

Shanba kuni futbol ishqibozlari uchun ajoyib bayram bo‘ladi.

Yurgen Klopning «Liverpul» jamoasi bilan Karlo Anchelottining «Real» jamoasi «Stad De Frans» stadionida Chempionlar ligasining  finalini o‘tkazishadi.

Avval boshda UEFA finalini Sankt-Peterburgda «Gazprom Arena» stadionida o‘tkazishni mo‘ljallagan edi. Uchrashuvni yuqori darajada tashkil etish uchun shahar hokimiyati va federal hukumat 500 million rubldan ortiq mablag‘ ajratdi. Biroq Ukrainada harbiy amaliyot boshlangani sababli UEFA xavfsizlik yuzasidan  finalni Parij shahriga ko‘chirdi. Bungacha Rossiyada faqat bir marta 2008 yilda Chempionlar ligasi bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda «Lujniki» stadionida «Chelsi» bilan «Manchester Yunayted» kuch sinashgan. Uchrashuvda Aleks Fergyuson jamoasi penaltilar seriyasi bo‘yicha g‘olib bo‘lib,  chempionlikni ilib ketgan edi.

Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Madridning «Real» klubi «Liverpul» jamoasidan qariyb uch marotaba ko‘p chempion bo‘lgan. Qirollik klubi bosh sovrinni 13 marta qo‘lga kiritgan bo‘lsa, «Liverpul» olti marta chempion tojini boshda ko‘tara olgan.

Ikki jamoaning murabbiylari  ham mashhur. Ular Yevropa turnirlarida ham, turli xalqaro musobaqalarda ham yetarlicha yutuqlarni qo‘lga kiritgan. Lekin Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lish ikkalasiga ham faqat bir martadan nasib qilgan. bugungi musobaqa ularga mazkur jamoasi bilan ikkinchi bor chempion bo‘lish imkonini bermoqda. Klopp «Liverpul» bilan Chempionlar  ligasida 2018/19 yilda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Anchelotti «Real» bilan 2013/14 yilgi mavsumda chempionlikka erishgan.

Darvoqe, Anchelotti «Milan» jamoasiga murabbiylik qilganda ham ikki marta chempionlik nashidasini surgan edi.

Ma’lumot uchun: yarim finalda «Real» «Manchester Siti» jamoasi ustidan g‘alaba qilgan bo‘lsa, «Liverpul» «Vilyarreal» jamoasini dog‘da qoldirgan edi.