French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Klinik tadqiqotlarni rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi
14:12 / 2025-11-21

Farmatsevtika sohasini rivojlantirish va xalqaro amaliyotlarni joriy etish yo‘lida mamlakatimiz qator nufuzli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirmoqda. Shu maqsadda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida o‘tkazilgan uchrashuv klinik tadqiqotlar va milliy tizimni takomillashtirish bo‘yicha muloqot maydoni bo‘ldi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida IQVIA kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Agentlik direktori Abdulla Azizov boshchiligida tashkil etilgan muloqotda farmatsevtika sohasida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish va xalqaro tajribani joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun, IQVIA kompaniyasi dunyo bo‘ylab farmatsevtika bozorini kuzatish, innovatsion dorilarni tadqiq qilish va sog‘liqni saqlash jarayonlarini optimallashtirishda yetakchi hisoblanadi

.Muloqot davomida klinik tadqiqotlarni rivojlantirish, O‘zbekistonda ushbu yo‘nalish bo‘yicha o‘quv dasturlarini joriy etish, GCP (Good Clinical Practice) sertifikatlashtirish jarayonlari va regulyator tahlilini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

IQVIA tomoni Yevropa sog‘liqni saqlash ma’lumotlar bazasi (EHDS) bo‘yicha tajribasini taqdim etdi hamda uni milliy tizimga moslashtirish bo‘yicha takliflar berdi.  

Shuningdek, klinik tadqiqotlarning dolzarb yo‘nalishlari va xalqaro amaliyotlar misolida qiyosiy tahlil o‘tkazildi, deyiladi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ma’lumotida.

M.Hojiakbarova, O‘zA