Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Klaudiya” bo‘roni Portugaliyaga jiddiy talofat yetkazdi
11:12 / 2025-11-15

Portugaliyada ikki kundan beri tinmayotgan bo‘ron yo‘l-transport hodisalari, ko‘chkilar va daraxtlar qulashiga sabab bo‘lmoqda.

Ta’kidlanishicha, tabiiy ofat sabab bedarak yo‘qolganlar bor. Mamlakat poytaxti Lissabondan tortib kichik shaharlargacha suv toshqinlari kuzatilmoqda

– Chorshanbadan jumagacha asosan suv toshqini bilan bog‘liq bo‘lgan 2 mingdan ortiq hodisa qayd etildi, - deb ma’lum qildi o‘lka Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi milliy boshqarmasi.

Ayniqsa, mamlakat janubidagi Faro hududida vaziyat jiddiy. Shuningdek, Azeyto va Setubal shaharlarida aholi uylari va mahalliy bozorlar suv ostida qolgan.

“Euronews”ning yozishicha, bo‘ron ikki kishining hayotiga zomin bo‘ldi, ular Lissabon yaqinidagi toshqinlar oqibatida halok bo‘lgan.

Ayni paytda Portugaliyaning barcha hududlarida kuchli yog‘ingarchilik sabab “sariq ogohlantirish” darajasi saqlanib qolmoqda. 

O‘.Alimov, O‘zA