Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Klasterning xorijdagi ilk savdo majmuasi ish boshladi
17:39 / 2021-01-27

Buxoro viloyatida faoliyat yuritayotgan “BCT Cluster” paxta-to‘qimachilik klasteri Qirg‘izistonning O‘sh shahrida o‘z savdo majmuasini ochdi.

“BCT Cluster” klasteri paxta yetishtirishdan tortib, tolani chuqur qayta ishlashgacha bo‘lgan barcha “sanoat zanjiri”ni to‘liq bog‘lagan ulkan ishlab chiqarish salohiyatiga ega. bugungi kunda klaster tarkibidagi “Bukhara Cotton Textile” korxonasi 8 ming 450 tonna kalava ip, 15 million pogon metr denim jinsi mato, 12,5 million dona “Denim klassik” va “Denim streych” shimlari ishlab chiqarish quvvatiga ega.  

– Klaster tomonidan O‘zbekistonda birinchi milliy jinsi brendi – «B Jeans» yaratilgani bizning katta yutug‘imiz bo‘ldi, – deydi “BCT Cluster” paxta-to‘qimachilik klasteri rahbari, senator Murtazo Rahmatov. – Xaridorlarga ushbu yorliq ostidagi jinsi liboslarini yetkazib berish maqsadida 2020 yilda Toshkent, Buxoro, Samarqand va Namangan shaharlarida klaster savdo tarmoqlari ishga tushirildi. Umuman olganda, klaster jamoamiz o‘z oldiga respublika bo‘yicha 50 ta ana shunday savdo do‘konlari ochishni maqsad qilgan. Xususan, yaqin kunlarda Andijon va Farg‘onada ana shunday firma do‘konlari ishga tushirilishi kutilmoqda.  

Bundan tashqari, O‘zbekistonning chet el davlatlaridagi elchixonalari ko‘magida xorijiy davlatlarda 100 ta savdo nuqtasini ishga tushirish rejalashtirilgan. Kirg‘iziston (O‘sh shahri)dagi savdo majmuamiz ular orasida birinchisi bo‘ldi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, chet ellardagi savdo tarmoqlari orqali yiliga o‘rtacha 75-80 million yevro miqdorida valyuta tushumiga erishilishi mumkin.  

Yuz foiz tabiiy bo‘lgan «B Jeans» milliy brendi ostidagi kiyim-kechaklarga tashqi bozorlarda talab katta. Shu bois, xorijiy davlatlarda 100 ta savdo nuqtasini ishga tushirish rejalashtirilgan.  

O‘sh shahridagi savdo majmuasi birinchisi bo‘ldi. Kelgusida Yevropa davlatlari, Boltiqbo‘yi respublikalari, Yaponiya va AQSHda ham shunday savdo tarmoqlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.  

A.MUSAEV, O‘zA