Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Klasterdan fermerlar foydasiga katta miqdordagi qarzdorlik undirilmoqda
12:32 / 2022-05-11

Fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tumanlararo sudining hamda O‘zbekiston tumanlararo Iqtisodiy sudining ijro varaqalariga asosan qarzdor "Istiqbolli g‘alla eksport" MCHJdan 17 ta fermer xo‘jaligi foydasiga jami 2 milliard 135,2 million so‘m qarzni undirish belgilangan.

Majburiy ijro byurosining Furqat tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan mazkur ijro hujjatlari bo‘yicha olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida 2022 yil 7 may kuni qarzdorning hisob raqamidagi 500 million so‘m pul mablag‘lari xatlanib, byuroning depozit hisob raqamiga o‘tkazildi, shuningdek, uning bino-inshootlari xatlandi.

Byuro tomonidan xatlangan mol-mulklarni savdoga qo‘yish jarayonida 2022 yil 10 may kuni qarzdordan 950 million so‘m undirildi.

Undirilgan jami 1 milliard 450 million so‘m pul mablag‘lari qonunda belgilangan tartibda undiruvchi fermer xo‘jaliklarining hisob raqamlariga qarzdorlikni so‘ndirish maqsadida o‘tkazib berildi. 

Majburiy ijro xarakatlari davom ettirilmoqda. 

O‘zA