French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Klaster va yirik sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishuv
16:56 / 2022-02-21

Buxoro shahar hokimligi tomonidan shaharda faoliyat olib borayotgan klaster va yirik sanoat korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida press-tur tashkil etildi.

 Unda respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari, mustaqil jurnalist va blogerlar qatnashdi. 

– Shahardagi sobiq “Qorako‘l” zavodi majburiyatini bajara olmagani uchun “nol” qiymatda investitsiya kiritish sharti bilan 7 ta mahalliy investorlarga bo‘lib berildi, – deydi Buxoro shahar investitsiya bo‘yicha mutaxassis Bobir Xalilov. – Natijada joriy yilning sentyabr oyiga qadar 1000 ta ish o‘rni yaratiladi. Ayni kunda 2 ta investor loyihalarini amalga oshirmoqda. Qolgan 5 ta investor sentyabrgacha faoliyatini yo‘lga qo‘yadi.  

Press-tur ishtirokchilarining dastlabki manzili "Buyuk Ipak Textile" MCHJ negizida zamonaviy turli xildagi mebel  mahsulotlar ishlab chiqarish korxonasi bo‘ldi.  

Hududiy tanlov komissiyasi yig‘ilish bayoniga muvofiq shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi balansidagi sobiq “Buxoro Qorako‘l” zavodiga tegishli 2 qavatli bino-inshootning 1-qismi umumiy qiymati 510 ming AQSH dollar ekvivalentida investitsiya mablag‘lari kiritish va 100 ta yangi ish o‘rni yaratish hisobiga mebel mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasini tashkil etish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri “nol” xarid qiymatda "Buyuk Ipak Textile" MCHJga berilgan. 

[gallery-5840]

– 3 oy bo‘ldi ish boshlaganimizga, – deydi korxona rahbari Jo‘ramurod Sherov. – Ayni kunda 60 nafar ishchi-xodim ishlayapti. Yaqin kunlarda to‘liq quvvat bilan ishlashni boshlaymiz. Natijada ish o‘rni 200 taga yetkaziladi. Stol, stul, yotoq, ofis mebellari hamda divan kreslo ishlab chiqaryapmiz. Xomashyo vodiy va Toshkentdan olib kelinyapti. Ayni kunda mahalliy bozorlarda mahsulotlarimiz xaridorgir. Shuningdek, Tojikiston, Qozog‘iston va Yekaterinburg shaharlari bilan shartnomalar qilindi. Endilikda eksportga ham mahsulotlarimizni chiqarishni rejalashtirganmiz. Xomashyoni o‘zimizda ishlab chiqarish uchun chinor va yong‘oq daraxtlarini 50 ming gektar yerda ekishni maqsad qilganmiz.  
– 2-guruh nogironiman, – deydi Buxoro shahar Somiy ko‘chasida istiqomat qiluvchi, korxona ishchisi Qahramon Xadjayev. – Ishsiz edim. Shu korxonaga ishga taklif qilishdi. 3 oydan buyon ishlab kelmoqdaman. Taxtani tabiiy chuqurlarini daraxt uchun maxsus shpaklyovka bilan tekislayman. Oyligim 2-3 million so‘m etib belgilangan. Issiq ovqat, maxsus kiyim-kechak beriladi. Bundan juda ham xursandman.  

Press-tur qatnashchilari "Medium Inter Prof" MCHJ negizida dekorativ eshiklar, turli xildagi setkalar va profil mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi hamda "Ewer White Group" MCHJ tomonidan yuz foiz eksportga yo‘naltirilgan bo‘yalgan ip mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishishdi. Jurnalistlarni qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislari tomonidan batafsil javob oldi.  


Zarif Komilov, 
Tohirjon Istatov (surat), O‘zA