English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kiyevga raketa hujumi yaradorlari – 53 kishi
17:14 / 2023-12-13

Ukraina poytaxtiga uyushtirilgan raketa hujumi oqibatida yaralangan begunoh aholi vakillari soni 53 nafarga yetdi, ulardan 7 nafari bolalar. Bu haqda shahar harbiy boshqarmasi ma’lum qilgan.

Mamlakat Harbiy-havo kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, 13 dekabrga o‘tar kechasi Rossiya Ukrainaga uchuvchisiz uchoq va raketa bilan hujum qilgan. Havo hujumidan mudofaa kuchlari barcha 20 nishonga zarba bergan.

Qrimning Balaklava hududidan Ukraina bo‘ylab 10 ta kamikadze uchuvchisiz uchish apparati uchirilgan. Qurilmalarning hammasi Odessa viloyatidagi Janubiy havo qo‘mondonligi nazorati ostidagi hududda urib tushirilgan.

Avvalroq berilgan ma’lumotga ko‘ra, Kiyevda bir necha marta portlash ovozi eshitilgan. Harbiy boshqarma zararsizlantirilgan raketa qoldiqlari poytaxtning turli joylarida yong‘inga sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Kiyev meri Vitaliy Klichko so‘ziga ko‘ra, Dnepr tumanida raketa parchasi turar-joy binosi peshtoqiga zarar yetkazgan, 7-qavatda yong‘in chiqqan. Aholi evakuatsiya qilingan.