Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kiyevda yana to‘qqiz kishi halok bo‘ldi
11:12 / 2025-06-24

Kecha ertalab Rossiyaning Ukraina poytaxtiga raketa va dron hujumi oqibatida kamida to‘qqiz kishi hayotdan ko‘z yumgan, 30 ga yaqin odam yaralangan, deb yozdi BBC.

Ichki ishlar vaziri Igor Klimenko ijtimoiy tarmoq orqali turar-joy, shifoxona va sport infratuzilmasi zarar ko‘rganini aytdi.

Oxirgi to‘qnashuvda RFning 352 uchuvchisiz samolyoti va 16 raketasi asosan Kiyev hududini nishonga olgan, deya xabar berdi Ukraina havo kuchlari.

Moskva so‘nggi haftalarda Ukraina shaharlariga havo hujumini kuchaytirib, havo mudofaasini yengishga mo‘ljallangan yirik raketalar, uchuvchisiz uchoqlar uchirmoqda.

Prezident Vladimir Zelenskiy Bosh vazir Kir Starmer bilan Buyuk Britaniya tomonidan Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazish uchun dushanba kuni Londonga borgan.

Musulmon Ziyo, O‘zA