Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kiyevda Rossiyaning Ukrainadagi biznesiga qarshi miting oʻtkazilmoqda
17:39 / 2018-11-27

Mitingning yuzlab ishtirokchilari Kiyevdagi “Ocean Plaza” savdo markazini toʻsib qoʻyishgan.


Mitingning yuzlab ishtirokchilari Kiyevdagi “Ocean Plaza” savdo markazini toʻsib qoʻyishgan. Ular Ukrainada Rossiyaning biznes yuritishiga qarshi ekanligini bildirmoqda. 

“RIA Novosti“ning “Ukraina milliy axboroti” nodavlat axborot agentligiga asoslanib xabar berishicha, miting ishtirokchilari savdo markazining markaziy chiqish yoʻlagiga shinalar keltirishgan, vitrinalarga Rossiyaga qarshi shiorlar yozishgan. Ishtirokchilardan birining soʻzlariga koʻra, mitingchilar shinalarni yoqishni va binoni bosib olishni rejalashtirmagan. Voqea joyida politsiya, oʻt oʻchirish xizmati navbatchilik qilmoqda. 

Moskva va Kiyev munosabatlari yakshanba tongida Ukraina dengiz harbiy kuchlariga tegishli “Berdyansk“, “Nikopol“ va “Yanы Kapu“ kemalari BMT dengiz huquqi konvensiyasining 19-21 moddalarini buzgan holda Rossiya davlat chegarasini kesib oʻtishi bilan yanada keskinlashdi.

Rossiya OAVlarining qayd etishicha, mazkur kemalar ogohlantirishga qaramay, bir necha soat xavfli manyovrlarni bajarishda davom etgan. 

Keyinroq “Berdyansk“, “Nikopol“ va Yanы Kapu“ kemalari Rossiya tomonidan qoʻlga olinib, jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Bunga Kiyev mamlakatda harbiy tartibni joriy etish bilan javob qaytardi. Shu bilan birga Ukrainaning koʻplab shaharlarida Rossiyaga qarshi aksiyalar oʻtkazildi.