Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kiyevda o‘zbek bokschisi jang o‘tkazadi
15:01 / 2021-07-16

Ukraina poytaxti Kiyev shahrida ertaga, 17 iyul kuni navbatdagi professionl boks musobaqasi o‘tkaziladi.

Mazkur turnirning asosiy janglaridan biri birinchi o‘rta vaznda (69,9) o‘zbekistonlik Eldorbek Saidov va ukrainalik Vasiliy Chebotar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Aytish lozimki, Chebotar faoliyati mobaynida 8 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Hozirda “WBO Orienta” kamari sohibi hisoblanadi. Saidov esa professional boksda o‘z faoliyatini 2019 yildan beri davom ettirib kelmoqda. 5 ta jang o‘tkazib, 3 tasida g‘alabaga erishgan.

Andijon boks maktabi tarbiyalanuvchisi ushbu boks kechasida “WBO Orienta” kamariga da’vogar sifatida ringga ko‘tariladi. Musobaqaning yana bir asosiy janglaridan biri ukrainalik Dmitriy Mitrofanov va negireyalik Rallivan Babatunde o‘rtasida kechadi.

 

T. RO‘ZIEV