Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kiyev va Vashington Ukrainani qayta tiklash harajatlarini 700–800 milliard dollarga baholamoqda
12:38 / 2026-01-01

Ukraina AQSH bilan mamlakatni tiklash va 2040 yilgachaiqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli “yo‘lxarita”si ustida ishlamoqda. Bu haqda o‘lka prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.

Reja qochqinlarning qaytishi, aholi jon boshiga YAIM o‘sishi, yangi ish o‘rinlarini yaratish, xavfsizlik kafolatlari, bozorga kirishni kengaytirish va Yevropa Ittifoqiga a’zolik kabi asosiy maqsadlarni qamrab oladi.

Kiyevning hisob-kitoblariga ko‘ra, mamlakatni qayta tiklash uchun taxminan 700–800 milliard dollar kerak bo‘ladi. Qo‘shma Shtatlar bilan hamkorlik doirasida bir nechta jamg‘armalar, jumladan, Ukrainani tiklash jamg‘armasi va AQSH-Ukraina investitsiya jamg‘armasi, shuningdek, inson kapitali va fuqarolarning qaytishini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yaratilishi rejalashtirilgan.

S.Rahimov, O‘zA