Kiyev va London o‘rtasidagi 100 yillik hamkorlik shartnomasi kuchga kirdi
Ukraina parlamenti spikeri Ruslan Stefanchuk Ukraina va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi 100 yillik hamkorlik shartnomasi rasman kuchga kirganini ma’lum qildi.
Sentyabr oyida Vladimir Zelenskiy ikki o‘lka o‘rtasidagi mazkur hamkorlik shartnomasini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzolagandi.
Stefanchuk ta’kidlashicha, kelishuv matni, uni ratifikatsiya qiluvchi Ukraina qonuni va hujjatning kuchga kirishi to‘g‘risidagi nota Britaniya parlamenti palatasi spikeri Lindsi Xoylga topshirilgan.
Bitim xavfsizlik, mudofaa, iqtisod, fan, texnologiya, ijtimoiy va migratsiya masalalari, shuningdek, adliya va axborot xavfsizligi sohalarida uzoq muddatli strategik hamkorlikni o‘z ichiga oladi.
S.Rahimov, O‘zA