Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kiyev uzoq masofaga uchadigan dron yaratilganini e’lon qildi
12:51 / 2024-04-02

Ukrainada ming kilometrdan ham uzoqqa ucha oladigan dron paydo bo‘ldi, dedi mamlakat raqamli transformatsiya vaziri Mixail Fedorov “Welt” jurnaliga bergan intervyusida.

– Shu vaqtgacha Ukraina Qurolli kuchlari foydalanayotgan asosiy dron 700-1000 kilometrga uchardi, – dedi mulozim. – Endi yanada uzoqroqqa o‘zi yetib boradigan qurilma yaratildi. Yil oxirigacha jang maydonida sun’iy idrokli dron ham paydo bo‘ladi.

Bundan avval Bosh qo‘mondon Aleksandr Sirskiy uchuvchisiz uchar tizimni rivojlantirish va operatorlar tayyorlash ustuvor vazifa ekanini ta’kidlagandi.