DW agentligi Ukraina parlamentidagi manbalarga tayanib, AQSH ma’muriyati Ukrainadagi urushni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha kelishuvni 15 maydan kechiktirmasdan imzolashni maqsad qilgan, deb xabar berdi.
Ukraina Oliy Radasi deputati Aleksey Goncharenko ham buni tasdiqlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, 3 noyabrda AQSH Kongressiga oraliq saylovlar bo‘lib o‘tadi. Agar Tramp may oyiga qadar urushni tugatish bo‘yicha aniq natija ko‘rsata olmasa, bu uning siyosiy obro‘siga salbiy ta’sir qiladi. Shu sababli may oyi AQSHda Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi kelishuv uchun norasmiy oxirgi muddat sifatida qaralmoqda.
O‘tgan dam olish kunlari Abu-Dabida Rossiya, Ukraina va AQSH vakillari o‘rtasida ilk uch tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Moskva o‘zining qat’iy talabida turibdi, ya’ni Ukraina armiyasi butun Donbass hududidan, shu jumladan hozircha Rossiya nazoratida bo‘lmagan yerlardan ham chiqib ketishi kerak. Ukraina esa bu talabni qat’iyan rad etmoqda.
<iframe width="412" height="732" src="https://www.youtube.com/embed/4yU3JO2d2po" title="Kiyev: Tramp urushni 15-maygacha yakunlashni maqsad qilgan" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA