French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kitobxonlik tanlovi g‘olibi Dubayga sayohatga boradi
21:04 / 2021-12-09

Andijon viloyati Marhamat tumani hokimi Boburjon Yuldashev tashabbusi bilan yoshlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovi e’lon qilindi. Tanlov g‘olibiga ota-onasi Dubay shahriga uch kunlik sayohat uchun chipta sovg‘a qilinadi.

Tuman hokimi tomonidan o‘tgan yili ham umumta’lim maktablarining 7-11 sinf o‘quvchilari ishtirokida «Eng ko‘p kitob o‘qigan o‘quvchi» tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblar katta miqdorda pul mukofoti bilan taqdirlangan edi. Ushbu ibratli tashabbus doirasida joriy yilda o‘tkazilayotgan kitobxonlik tanlovi yoshlar o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqish, kitobxonlik madaniyati hamda yosh avlodning intellektual salohiyatini yuksalishiga xizmat qiladi.

[gallery-5018]

Tanlovda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan kitobxon o‘z yaqinlari bilan Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlariga bepul sayohatga boradi. Uchinchi o‘rin sohibiga esa maishiy texnika vositalari beriladi.

– Kitob inson tafakkurini charxlovchi eng noyob vositadir, – deydi Marhamat tumani hokimi B. Yuldashev. – Kitob hamma davrlarda insonlarga yaqin do‘st, hamroh va dono maslahatchi bo‘lib kelgan. Yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida o‘tkazilayotgan tanlovga faol ishtirok etishga chaqirib qolaman.

Mazkur tanlov andijonlik yoshlarni yanada ko‘p kitob o‘qib, o‘z bilimlari va ma’naviyatini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.

F. UBAYDULLAEV, Z.UMRZOQOV (surat), O‘zA