English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Kitobxonlik haftaligi” tadbirlari boshlandi
18:43 / 2025-04-21

Buxoro shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida “Kitobxonlik haftaligi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hududiy boshqarmasi, Abu Ali ibn Sino nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

– Maqsad aholi, shu jumladan, yosh avlodning bilim olishi, jahon tamadduniga munosib hissa qo‘shgan buyuk allomalarimizning hayoti va ijodini o‘rganish, o‘zbek adabiyotining yetuk namunalarini xorijiy tillarga hamda jahon adabiyotining eng yaxshi namunalarini o‘zbek tiliga tarjima qilish bo‘yicha erishilgan natijalarni tahlil etishdan iboratdir, – deydi shoir Ro‘zimurod Mahmudov. – Shu bilan birga, bu boradagi istiqboldagi vazifalarni belgilab olish, kitobxonlik madaniyatini, oilaviy kitobxonlik an’analarini targ‘ib qilish, yosh avlodni milliy adabiyotga, ona Vatanga yuksak muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashdir. 

[gallery-22945]

Kitobxonlik haftaligi davomida nashriyotlarda so‘nggi yillarda chop etilgan yangi kitoblarining taqdimoti, taniqli va yosh va iste’dodli adib va shoirlar bilan uchrashuvlar, noshir va matbaachilar bilan muloqotlar o‘tkaziladi.

Тадбирларда kitob savdo yarmarkalari, kitobxonlar o‘rtasida so‘rovnomalar, sovrinli viktorinalar, intellektual bellashuvlar ham o‘tkaziladi. G‘oliblarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshiriladi. 

Tadbirda Buxoro shahridagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari ijrosidagi musiqali chiqishlar ishtirokchilarga xush kayfiyat baxsh etdi.

 “Kitobxonlik haftaligi” doirasida o‘tkaziladigan  tadbirlar  27 aprelgacha davom etadi.

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA