Kitobxonlik – buyuk kelajak kafolati (+video)
Insonning ma’naviy kamolotini ta’minlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yo‘q. Shu bois azal-azaldan ma’rifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob o‘qishga, undan ilmu odob sirlarini o‘rganishga chorlab kelishgan. Kitob mutolaasi esa kishida shunday chin insoniy fazilatlarni shakllantirib, uni hayotda o‘z o‘rnini topishga, jamiyatning chinakam a’zosiga aylanishida, dunyoqarashini kengaytirishda beqiyos ahamiyatga ega.
Kitobxonlik, uning afzalliklari, oilada mutolaa madaniyatini yuksaltirish masalalari ulug‘ mutafakkirlarimiz Abu Nasr Forobiy, ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy va boshqalarning asarlarida yoritilgan. Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik va mutolaa madaniyatini rivojlantirishda oilaning, ota-onaning o‘rni beqiyos ekanligini buyuk allomalarimizdan boshlab to bugungi tadqiqotchilarimizgacha – barchasi isbotlab bergan.
Bugungi lavhamizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni ommalashtirish bo‘yicha qarorining mazmun-mohiyati haqida ma’lumot beramiz.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/rvoe_OAslpA" title="Kitobxonlik – buyuk kelajak kafolati" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA