Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kitobxonlik bor joyda taraqqiyot bor
10:59 / 2025-12-14

Yil poyoniga yetib, g‘alvir suvdan ko‘tariladigan payt yaqinlashmoqda.Endi ortga nazar tashlab dastlabki xulosalar chiqarish mumkin.

Shu ma’noda, Samarqand viloyatining chekka tumanlaridan biri–Qo‘shrabotda amalga oshirilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy sohalardagi ijobiy siljishlar haqida so‘z yuritish o‘rinli.Bu yerda iqtisodiyotni rivojlantirish, investitsiyalar kiritish, kambag‘allikni qisqartirish borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani ko‘zga yaqqol tashlanmoqda.

Albatta, iqtisodiyotning rivojiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar ko‘p.Endilikda ularning qatoridan kitobxonlik ham muhim o‘rin elalladi, desak xato emas. Negaki, kitobxonlik bor joyda taraqqiyot, rivojlanish jarayonlari kuchli kechishi allaqachon isbotlangan.Binobarin,kambag‘allikni qisqartirishning eng ishonchli yo‘li ham shu. Olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, kitob o‘qimagan odamlarning 75 foizi, kitob o‘qigan kishilarning esa 4 foizi kambag‘allikka giriftor bo‘lishi mumkin ekan.

Yoshlarni kitobxonlikka da’vat etish borasida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, turli festivallar, uchrashuvlarning roli katta. Jumladan, bu yil tumanda Respublika baxshilar tanlovi, “Qo‘rg‘on dostonchilik maktabi va Ergash Jumanbulbul o‘g‘li merosi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, qo‘shrabotlik yozuvchi Sobir O‘nar ijodiga bag‘ishlangan tadbir va boshqa festival, madaniy-ma’rifiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tgani ko‘pchilikda chuqur taassurotlar qoldirdi.

Kuni kecha tumanda tashkil etilgan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, qator detektiv asarlar muallifi Komil Sindorov hamda Jahon fiziologlar jamiyati akademigi, Samarqand davlat universiteti professori Bakriddin Zaripov bilan bo‘lgan uchrashuv va muloqotlar yuqorida aytilgan taassurotlarni yanada boyitdi. 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat va 82-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari, o‘qituvchilari, keng jamoatchilik vakillari, umuman barcha kitobsevarlar har ikkala ijodkor faoliyati bilan yaqindan tanishib, kitob va kitobxonlik haqidagi maroqli suhbatlaridan bahra oldilar.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, Komil Sindorov ham, Bakriddin Zaripov ham Qo‘shrabot farzandlaridir. Shu boisdan mazkur uchrashuvlar ular uchun tumandoshlar huzurida o‘ziga xos ijodiy hisobot bo‘ldi.

Norbobo Shakarov, O‘zA