French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kitobxonlarga masofaviy xizmat koʻrsatilmoqda
11:00 / 2020-05-11

Hozirgi karantin sharoitida kitob mutolaasi bilan shugʻullanish vaqtdan samarali foydalanishning eng yaxshi yoʻli.


Hozirgi karantin sharoitida kitob mutolaasi bilan shugʻullanish vaqtdan samarali foydalanishning eng yaxshi yoʻli. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi karantin davrida ham kitobxonlar uchun masofaviy tarzda xizmat koʻrsatmoqda.

Kutubxona tomonidan shuningdek,onlayn tarzda tadbirlar, turli loyiha va taqdimotlar oʻtkazib borilmoqda. Kitobxonlar onlayn xizmatlar orqali turli adabiyotlarga buyurtma berish, buktreylerlarni, onlayn darslarni koʻrish imkoniyatiga ega. Shu bilan birga ular kitob olamiga doir qiziqarli yangiliklardan boxabar boʻlmoqda.

Masofaviy xizmat turlarini taqdim etishda kutubxona elektron bazasining mukammal shakllantirilayotgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, milliy umumtaʼlim elektron kutubxona markazining skanerlash va raqamlashtirish xizmatida Germaniyaning “Microbox” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 38 ta zamonaviy va soʻnggi turdagi professional skanerlar mavjud boʻlib, bu skanerlar A0 formatdan A5 formatgacha boʻlgan har xil turdagi kitoblar, gazetalar, jurnallar, albomlar, xaritalar, qoʻlyozmalar, dissertatsiyalar, nota nashrlari, avtoreferatlar, mikrofishlar, fotoplyonkalar va boshqa turdagi hujjatlarni raqamlashtirish imkoniyatiga ega.