Farg‘ona davlat universiteti talabalari “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2025 yilgi 3-mavsumida faol ishtirok etib, munosib natijalarga erishdi.
Filologiya fakulteti 3-bosqich talabasi Dilyora Ma’murova tanlovda 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, universitet sharafini munosib himoya qildi.

“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi bo‘yicha ham talabalarning muvaffaqiyatlari alohida e’tirof etildi. Filologiya fakulteti 3-bosqich talabasi Fotimaxon Aliqulova 3-o‘rinni, filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili) yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Dilnura Abdujalilova esa 1-o‘rinni egalladi.

Tanlovning yakuniy marosimida “Kitobxon yoshlar ligasi”ning yil davomida o‘tkazilgan uchta mavsumi g‘oliblariga qimmatbaho sovg‘alar – noutbuk, televizor, planshet hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining diplom va sertifikatlari tantanali tarzda topshirildi.
Farg‘ona davlat universiteti talabalarining mazkur tanlovdagi faolligi, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlashga qo‘shayotgan hissasi e’tirof etilib, ular “Eng faol targ‘ibotchi va kitobxon yoshlar” sifatida alohida ta’kidlandi.
Nilufar Bozorova, O‘zA