Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kitobxon onalar tadbiri o‘tkazildi
16:12 / 2023-08-18

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!" degan g‘oya asosida respublika miqyosida “Kitobxon onalar kuni” o‘tkazildi.

An’anaga aylangan ushbu tadbirning bu galgisida Yunusobod tumani xotin-qizlari va uy bekalari ishtirok etdi. 

Tadbirda mehmon bo‘lgan Yozuvchilar uyushmasi a’zolari o‘z ijod namunalari bilan tadbirga yanada fayz kiritdi. 

Ayniqsa “Farzandnoma” kitobining taqdimoti barcha ishtirokchilarda qiziqish uyg‘otdi. Hamkor tashkilot sifatida Ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ul xodimlari tomonidan tadbir ishtirokchilariga kitoblar taqdim etildi.  

Tadbirga ZOOM platformasi orqali respublikaning barcha hududlaridan ulangan 700 ga yaqin kitobsevar onaxonlar o‘zlari mutolaa qilgan kitoblariga oid ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdilar.  

Ayollarning kitobga bo‘lgan qiziqishini orttirish yosh avlodning o‘qishga, mutolaaga bo‘lgan intilishini kuchaytirishda alohida ahamiyat kasb etadi.  Bu borada O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligidagi ma’rifiy tadbirlarning ahamiyati g‘oyat katta bo‘lmoqda.  

N.Usmonova, O‘zA