FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyati hokimligi, Boshqaruv samaradorligi agentligining Farg‘ona viloyat filiali, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi hamda viloyat axborot-kutubxona markazi hamkorligida tashkil etilgan “Kitobxon davlat xizmatchisi” tanlovi o‘z yakuniga yetdi.
Tanlov davlat xizmatchilari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ma’naviy-ma’rifiy saviyani oshirish, shuningdek, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.
Ikki shart asosida ishtirokchilar bilim va salohiyatini, mutolaa madaniyati hamda kitobxonlik bo‘yicha qarashlarini namoyon etdilar. Yakuniy natijaga ko‘ra, 1-o‘rin — Marhabo Boboyeva (O‘zbekiston tumani xotin-qizlar faoli), 2-o‘rin — Hamdam Mahmudov (Qo‘shtepa tumani “Xo‘jaqishloq” MFY yoshlar yetakchisi) va 3-o‘rin — Firdavs Ergashev (Rishton tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mutaxassisi)ga nasib etdi.
[gallery-26812]
Tanlov g‘oliblari hamda faol ishtirokchilari tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA