English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Kitobxon davlat xizmatchisi” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
16:54 / 2026-02-18

Davlatimiz rahbarining 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aholi orasida kitobga qiziqishni kuchaytirish ko‘zda tutilgan.

Qaror ijrosini ta’minlash, davlat xizmatchilari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda ma’naviy-intellektual salohiyatni yuksaltirish maqsadida tizim xodimlari ishtirokida “Kitobxon davlat xizmatchisi” tanlovi tashkil etildi.

Tadbir Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlariga bag‘ishlandi va unda taniqli yozuvchi, shoirlar, ma’naviy-ma’rifiy soha mas’ullari ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatining davlat xizmatchilari dunyoqarashini kengaytirish, intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda davlat boshqaruvi samaradorligini ta’minlashdagi muhim o‘rni haqida so‘z yuritdi.  

Tanlov ikki bosqichda tashkil etilib, ishtirokchilarning bilimi o‘zbek badiiy adabiyoti namunalari, dunyo va o‘zbek kitobxonlari orasida eng ko‘p sotilgan asarlar asosida shakllantirilgan test sinovlari hamda suhbat orqali baholandi.

Tanlov yakuniga ko‘ra, Sarvarbek Fayzullayev – birinchi, Fazliddin Pardaboyev – ikkinchi, Temurbek Suvonov – uchinchi o‘rinni egalladi va munosib taqdirlandi.  

Qator maxsus nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblarga ham mukofot va kitoblar  to‘plami topshirildi.

N.Abduraimova, O‘zA