Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kitobni o‘ziga do‘st tutgan inson hayotda qoqilmaydi
16:49 / 2023-04-13

Andijonda “Kitobsevar millat” shiori ostidagi kitobxonlik haftaligi tadbirlari yuqori ko‘tarinkilik bilan o‘tkazilmoqda.

Z.M.Bobur nomidagi viloyat axborot kutubxona markazida tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari, ta’lim muassasalari vakillari, olimlar, yozuvchi hamda shoirlar, san’atkorlar, kitobxonlar, yoshlar ishtirok etdi. Unda mamlakatimizda yurtdoshlarimizning ma’naviyati, dunyoqarashi hamda intellektual salohiyatini yuksaltirish, tariximiz, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, aholining kitobxonlik darajasi va mutolaa madaniyatini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi ta’kidlandi.

– Prezidentimizning joriy yil 28 fevraldagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ning tegishli bandida respublikamizda shu yil 10-15-aprel kunlari “Kitobsevar millat” shiori ostida respublika “Kitobxonlik haftaligi” ni o‘tkazish belgilangan, – deydi Z.M.Bobur nomidagi Andijon viloyati Axborot-kutubxona markazi rahbari Gulnoraxon Ismoilova. – Ana shu hujjat ijrosi doirasida viloyatimizda ham kitobxonlik haftaligi tadbirlari yuqori ko‘tarinkilik bilan bo‘lib o‘tmoqda.  

Kitobning jamiyat ma’naviy-ma’rifiy hayotida tutgan o‘rni va ahamiyatini oshirish, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kitobxonlik, kitob mutolaasi madaniyatini yuksaltirish, yoshlarni intellektual rivojlangan va ma’nan barkamol qilib voyaga yetkazishda kitobning o‘rni va ahamiyatini yanada keng targ‘ib etish maqsad qilingan. Haftalik doirasida viloyatdagi mehnat jamoalari, ta’lim muassasalari, mahallalarda kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlar, kitob yarmarkalari, aksiyalar, davra suhbatlari, taqdimotlar, tanlovlar o‘tkazilmoqda. Ana shu tadbirlar yurtdoshlarimiz, ayniqsa, kitobxonlar qalbida unutilmas taassurotlar qoldirmoqda.  

[gallery-11441]

Viloyat axborot-kutubxona markazi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida viloyatda ijod qilayotgan yozuvchi va shoirlar, yosh ijodkorlar ishtirokida o‘tkazilgan yangi kitoblar taqdimotida so‘z olganlar kitobning jamiyat rivoji, inson kamoloti hamda ma’naviy dunyosini boyitishdagi o‘rni xususida fikr va mulohazalar bildirdi.

Tadbirda dastlab O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zoligiga qabul qilingan ijodkor Asadillo Mirzaakbarovga uyushmaning a’zolik guvohnomasi topshirildi. Viloyat ijodkorlarining adabiyotimizga qo‘shayotgan hissalari haqida gapirildi. Taniqli adib Farid Usmonning “Koronavirus qichqirig‘i”, shoir Avaz Abdusalomning “Sadoqat” hamda yosh ijodkor Jo‘rabek Latipovning “Vatan ichra aziz” nomli yangi kitoblari taqdimoti o‘tkazildi.  

– Kitobni o‘ziga do‘st tutgan inson hayotda hech qachon qoqilmaydi, – deydi tadbir ishtirokchisi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Vosit Ahmatxonov. – Qolaversa, muntazam kitob o‘qiydigan inson bilimli, odob-axloqli, yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida jamiyatda nafaqat o‘z o‘rnini topadi, balki, uning faol a’zosiga aylanadi.  

Andijonda “Kitobxonlik haftaligi” tadbirlari davom etmoqda.  

Faxriddin Ubaydullayev, Zuxriddin Umrzoqov (surat), O‘zA