Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi
12:15 / 2026-02-28

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika fakultetida Axborot-resurs markazi bilan hamkorlikda talaba-yoshlar uchun kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazmada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning asarlari bilan bir qatorda jahon adabiyoti, o‘zbek va qoraqalpoq adabiyotiga oid sara badiiy kitoblar namoyish etildi.

Tadbirda fakultet talaba-yoshlari Prezidentimizning nashr etilgan asarlari bilan yaqindan tanishib, ularda ilgari surilgan g‘oyalar, dolzarb mavzular hamda asarlarning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot oldilar. Shu bilan birga, so‘nggi yillarda chop etilgan zamonaviy badiiy adabiyotlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘lib, kitobxonlik madaniyatini oshirishga xizmat qiluvchi adabiyotlar yuzasidan fikr almashdilar.

Mazkur kitob ko‘rgazmasi talaba-yoshlarning mutolaa madaniyatini yuksaltirish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish hamda badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA