Kitoblar karvoni keldi
Toshkent viloyati Bo‘ka tumaniga 18 mingdan ortiq o‘zbek va jahon adabiyotining sara namunalaridan iborat kitoblar karvoni keldi.
Toshkent viloyati Bo‘ka tumaniga 18 mingdan ortiq o‘zbek va jahon adabiyotining sara namunalaridan iborat kitoblar karvoni keldi.
Joriy yilning 19 mart kuni Prezitentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob mutoaalasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus, uni amalga oshirish mexanizmlari, bunda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan asosiy jihatlar atroflicha muhokama qilingan edi.
Bo‘ka tumanida mazkur 5 ta tashabbus bo‘yicha belgilagan vazifalar ijrosi yuzasidan tajriba-sinov tariqasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Bugun, 10 aprel kuni 5 tashabbus doirasida tumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi tomonidan hashar tashkil etildi.
Hashar doirasida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan tuman yoshlari uchun 18 mingdan ortiq nusxadagi kitoblar tuhfa qilindi. Shuningdek, boshqa qator tashkilotlar tomonidan zamonaviy sport jihozlari va boshqa zarur jihozlar sovg‘a qilindi.
Keng jaoatchilik vakillari, yoshlar ishtirokida hashar tadbiri oldidan gala konsert dasturi tashkil etildi.