O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi qoshidagi Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot institutining “Kitoblar karvoni” Andijon viloyatining tuman va shaharlariga yetib keldi.
Marhamat tumani hokimligida adabiyotlarni tarqatishga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda so‘z olganlar tomonidan mamlakatimizda, xususan, Andijon viloyatida tuman, shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limlari, mahalla fuqarolar yig‘inlarida ish olib borayotgan xotin-qizlar faollarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ish samaradorligini oshirish, zarur qo‘llanma va adabiyotlar bilan ta’minlash borasida zarur ishlar olib borilayotganligi ta’kidlandi.
– Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 10 ta mavzu bo‘yicha tayyorlanib, chop etilgan kitoblar mahalla fuqarolar yig‘inlarining xotin-qizlar faollari uchun muhim qo‘llanmadir, – deydi Andijon viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi shu’ba mudiri Dildora Tojiboyeva. – Taqdim etilgan kitoblar faollarimizga turli yo‘nalishlardagi ishlarni tashkil etish va samarali olib borishga, bilim va tushunchalarini boyitishga yaqindan yordam beradi.
[gallery-13699]
Psixologiya fanlari doktori Hasanboy Abdusamatov xotin-qizlar faollariga kitoblarning mazmun-mohiyati haqida keng ma’lumotlar berdi.
F. Ubaydullayev,
Z. Umrzoqov (surat),
O‘zA muxbirlari.