Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kitobda yangi yopiq suzish havzasi
17:27 / 2019-11-07

So‘nggi yillarda Qashqadaryo viloyatida suv sporti inshootlari ko‘payib, yoshlar o‘rtasida suv sportiga qiziqish ortmoqda.


So‘nggi yillarda Qashqadaryo viloyatida suv sporti inshootlari ko‘payib, yoshlar o‘rtasida suv sportiga qiziqish ortmoqda. Hozirda viloyatda 15 dan ziyod yirik suzish havzasi ishlab turgan bo‘lsa, ularning o‘ndan ortig‘i yopiq turdagi basseynlardir.

Joriy yilda Kitob tumanida yana bir yopiq suzish havzasi foydalanishga topshirildi.

Yirik sport majmuasi tarkibida bunyod etilgan havzada bolajonlar yilning to‘rt faslida ham suv sporti bilan shug‘ullanishi mumkin.

– Ayni paytda majmua maktabimiz ixtiyoriga berilgan, – deydi tuman bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori Nozim Qayumov. – Inshoot tarkibida basseyn, yuvinish, kiyinish, dam olish, tibbiyot xonalari mavjud. Suvni tozalash, isitish, xona harorati mo‘tadilligini saqlash tizimlari ishlab turibdi. Bunday sharoit o‘quvchilarimizning suv sporti bo‘yicha yuksak natijalarni qo‘lga kiritishiga zamin hozirlaydi.