English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kitob – qalblarni yoritgan chiroq (+video)
17:06 / 2025-04-18

Xalqimiz azaldan ilm-ma’rifatga intilgan, kitob o‘qishga qattiq muhabbat qo‘ygan. Yurtimizdan dong‘i dunyoni tutgan ulug‘ olimlar va mutafakkirlarning ko‘plab chiqqani ham bejiz emas. Ilmli ziyolilar u yoqda tursin, oddiy hunarmand kosib yoki dehqonning xonadonida uzun qish kechalari oilaviy kitobxonliklar bo‘lgan, savodxon kishilar oila a’zolariga turli diniy, ilmiy kitoblarni o‘qib bergan.

Xabaringiz bor, “kitobxon onalar” tadbirlari boshlanganiga ham uch yildan ortiq vaqt bo‘ldi. Har yili, har oyning belgilangan 17 sanasida Respublika Oila va Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan Milliy kutubxonamiz hamkorligida mana shunday go‘zal davra suhbatlarini, uchrashuvlar va kitob taqdimotlari o‘tkazib kelinmoqda. Navbatdagi "kitobxon onalar" tadbirida Olmazor tumani faollari, onlayn Zoom platformasi orqali viloyat, shahar va tuman AKM(Axborot kutubxona markazi) xodimlari ishtirok etishdi.

Donolardan biri “Kitoblarni yoqib yuborish og‘ir jinoyat, biroq dunyoda undan-da og‘irroq jinoyat bor, u – kitob o‘qimaslik”, degan edi. Agar biz ham shu nuqtai nazardan o‘zimizga baho beradigan bo‘lsak, natijani bilib olishimiz mumkin.

Bizni kuzatishda davom eting, eng ishonchli ma’lumotlar faqat O‘zbekiston Milliy axborot agentligining rasmiy sahifalarida o‘qishingiz mumkin.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/LVaSk3lkZXk" title="Kitob – qalblarni yoritgan chiroq" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, N. Abduvoitov (video), O‘zA