French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kitob – ma’naviyat tarbiyachisi
16:08 / 2022-08-15

Andijon shahridagi Z.M. Bobur nomli viloyat axborot-kutubxona markazida "Kitob – ma’naviyat tarbiyachisi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

“Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida viloyat hokimligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Andijon viloyati hududiy boshqarmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda otinoyilar, nuroniylar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, ijodkorlar, harbiylar hamda yoshlar ishtirok etdi. 

Tadbirda aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, fuqarolarning mutolaa madaniyati va ma’naviyatini yuksaltirish xususida so‘z yuritildi. Tadbirda so‘z olganlar kitobning jamiyat hayotida, inson kamolotida tutgan o‘rni va ahamiyati nihoyatda katta ekanligi, kitobni o‘ziga do‘st tutgan inson hayotda albatta, o‘z o‘rnini topishi, hurmat va e’tibor qozonishi, yoshlarning kitob o‘qishga qiziqishini, kitobxonlik hamda mutolaa madaniyatini oshirish borasidagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarish lozimligini ta’kidladi.  

– Kitobni o‘ziga do‘st tutgan inson hayotda hech qachon qoqilmaydi, – deydi Andijon viloyati ommaviy axborot kommunikatsiyalari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Shuhrat Karimov. – Qolaversa, muntazam kitob o‘qiydigan inson bilimli, yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida jamiyatda nafaqat o‘z o‘rnini topa oladi, balki, uning faol a’zosiga aylanadi. Shu bois ham har bir kishi, ayniqsa, ziyolilarimiz kitobni o‘ziga do‘st tutishi, doimo kitob o‘qishi bilan barchaga ibrat bo‘lishi kerak.  

Ijodkorlar, nuroniylar kitobga muhabbat, kitobxonlikning ahamiyati va foydasi haqida hayotiy misollar asosidagi fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, tadbirda mustaqillik yillarida yurtimizning taraqqiyot yo‘li, xususan, fan, madaniyat va adabiyot sohalarida erishilgan yutuqlar, ana shu yillar davomida buyuk ajdodlarimizning hayoti va ilmiy merosiga oid chop etilgan asarlarning yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati, ularni o‘qish, o‘rganish burchimiz ekanligi xususida taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.  

F. UBAYDULLAEV, 
Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA