Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kitob-insonning eng yaqin do‘sti
10:33 / 2023-04-12

Har bir insonni bolalikda sevib o‘qiydigan kitobi bo‘ladi. Ba’zida o‘qigan kitobidagi qahramonlarga taqlid qiladi. Ularning yaxshi fazilatlaridan ibrat oladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14 dekabrdagi “2020 – 2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi”ni tasdiqlash to‘g‘risidagi  qarori hamda “Kitobsevar millat” shiori ostida III Respublika "Kitobxonlik haftaligi"doirasida   ma’naviy ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.  

Yakkasaroy tumani Axborot-kutubxona markazi, Toshkent “Bilim” Axborot-kutubxona markazi, 25-sonli alohida ta’limga ehtiyoji bor bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda  “Kitob ma’naviyat ko‘zgusi” nomli yangi adabiyotlar taqdimoti ham tashkil etildi.  

— Kitob insonning eng yaqin do‘sti. Chunki har qanday xolatda ham u insonga ibrat yo‘lini ko‘rsatadi, — deydi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir va tarjimon Rahmat Bobojon.—Kitob o‘qishni har kuni odat tusiga aylantirgan o‘quvchi kelajakda o‘z yo‘lini topishda, kasbini puxta egallashda qiyinchiliklarga duch kelmaydi.  

Har bir kitobni o‘ziga yarasha yaratilish tarixi, mehnati va mashaqqati bo‘ladi. Tadbirda o‘quvchilarga kitobning  yaratilish tarixi haqida ham tushunchalar berildi. O‘quvchilar bilimini oshiruvchi viktorina savol-javoblari,   kitob o‘qishga targ‘ib qiluvchi videoroliklar ham namoyish etildi.  

Tadbirda faol ishtirok etgan o‘quvchilarga yangi nashrdan chiqqan kitoblar va tashakkurnomalar topshirildi.  

O‘zA